Firibgar aniqlandi

Date:

Boshlangan har qanday ish halollik mezonlariga asoslansa, albatta, xayrli bo‘ladi. Aks holda…
N.A tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag‘iga ehtiyoj sezdi va halollik mezoniga zid o‘yinni boshladi. U “U.s.” MChJning issiqxona binosini 3 oy muddatda garovdan chiqarib berishga vaʼda qilgan holda zamonaviy issiqxona qurish uchun hududiy tijorat banki filialidan 1,2 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratilishiga erishdi. Ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qildi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni unutdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari boshlab yuborildi. Va mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tadbirkor o‘zganing ishonchiga kirib, o‘z maqsadiga erishgandan so‘ng nafsining quliga aylanmaganida, ajratilgan kredit mablag‘ini to‘g‘ri yo‘naltirganida edi, hozir qonun oldida javob berishning o‘rniga boshlagan ishidan daromad olayotgan, yangidan-yangi g‘oyalar ustida bosh qotirayotgan bo‘lardi… afsus…

Sohibjamol

Oldingi sahifaO‘q nishonga tegdi
Keyingi sahifaMuzokara olib borildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun