Ishtiyoqi qaytarildi

Date:

Limonchilik bo‘yicha ham fermer va dehqonlarimiz katta tajribaga ega deya ishonch bilan aytishimiz mumkin. Chunki ular soha sirlarini o‘rganib, amaliyotda sinashga ham ulgurgani e’tirof etgulik. Qumqo‘rg‘on tumani “Bo‘ston’ mahallasi Qizilqoya massivida 33 gektar yer maydonida limonchilik komplekslari tashkil etilgan.
Ushbu hudud 33 ta tadbirkorga 1 gektardan issiqxona qurish uchun ajratib berilgan va Turon bank ATB Termiz filiali tomonidan ish boshlashlari uchun kreditlar ham ajratilgan. Ayni paytda esa tadbirkorlar tomonidan issiqxonalar qurilib, limon ko‘chatlari ekilgan.
Afsuski, bu yil ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida limonlar bargi sarg‘ayib, ko‘chatlar nobud bo‘layotgani tadbirkorlar hafsalasini pir qilishiga bir bahiya qolganda Limonchilik uyushmasi raisi akademik N.Faxriddinov tomonidan issiqxonadagi limon ko‘chatlarining nobud bo‘lgan shoxchalarini kesib, hosil beradigan novdalariga shakil berish ko‘nikmalari o‘rgatildi, ko‘rsatib berildi. Qolaversa, kerakli ko‘rsatmalar berilib, tadbirkorlarning boshlagan ishiga ishtiyoqi qaytarildi.

Sohibjmol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun