IJODIY UCHRASHUV

Date:

Ijodiy uchrashuvlar ijodkorlar uchun yangidan-yangi g‘oyalar manbai bo‘lib xizmat qilsa, muxlislar uchun hayajonli va bir umrga saqlanib qoladigan xotira sifatida qadrlidir. Taniqli aktyor va rejissyor Hilol Nasimovning Oltinsoy tumaniga tashrifi ham ana shunday hayajonlarga boy bo‘ldi.

Istaymizmi-yo‘qmi, bir necha kishi yig‘ilib qolsa, albatta, suhbat mavzusi o‘zbek kinolari, seriallari haqida ketadi. Ba’zan tanqidlarimiz, e’tirozlarimizni to‘xtata olmasak, o‘zbek kino san’atida ham e’tirof etishga arzigulik filmlar ham borligini tan olamiz. Qaniydi, kino olami ijodkorlarining barchasi ham o‘z ishiga biznes, daromad manbai sifatida emas, san’at sifatida qarashsa, biroz bosh qotirib, ta’sirchan, g‘oyaviy pishiq senariylar asosida film va seriallar suratga olishsa… Hilol Nasimov filmlari haqida to‘xtalganda esa ularda o‘z davrining og‘riqlarini, muammolarini ta’sirchan ruhda olib chiqilayotganini ko‘rish, kuzatish mumkin. Rejissorning Oltinsoy tumanidagi eng so‘lim maskanlardan biri hisoblangan “Xo‘jaipok” sihatgohidagi uchrashuvi tuman ahli uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Sihatgoh ijodiy uchrashuv sabab kino muxlislari, san’at shaydolari bilan gavjum bo‘ldi. Uchrashuvni tuman hokimi B. Maxmatraimov kirish so‘zi bilan ochib, poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy qutladi.

Shundan so‘ng, Hilol Nasimov o‘z ijodi va kelgusi rejalar haqida to‘xtaldi. Film suratga olish jarayonida bo‘lgan qiziqarli voqealar, jarayonlar haqida hikoya qilib berdi. O‘zbek kino san’atida xalqimiz qalbidan joy oladigan o‘ziga xos filmlar yaratish niyatida ekanini aytib, ayni paytda qizg‘in ijodiy muhitda ijod qilayotgani boraisda to‘xtaldi. Muxlislardan tushgan savollarga ham hayajon bilan javob qaytardi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun