“Guliston” “xonadonbay” o‘rganilmoqda…

Date:

Mahalla ko‘chalaridan kezib, eshik qoqib, hol so‘rasangiz, muammolar, takliflar va g‘oyalar yog‘ilaveradi. Shu sababdan ham mas’ullarning uyma-uy yurib, aholining yashash sharoiti va muammolarini o‘rganishni boshlashgani bejizga emas. Bu jarayon viloyatimiz bo‘ylab davom etayotir.
Angor tumanidagi birinchi sektor hududida joylashgan “Guliston” mahallasida 2654 nafar aholi istiqomat qiladi. Shuncha fuqaroning ko‘ngliga qo‘l solsangiz, ularning ham o‘z aytadigan gapi bor. Kimdir tadbirkorlik qilish istagida, yana kimdir ishsizligidan gap ochadi. Nuroniylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish masalasi ham ochiqlanadi.
Mana shunday taklif va masalalar esa qo‘llab-quvvatlanib, ko‘plab tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Qisqa muddatlarda ishsizlar bandligi ta’minlanadi. Shuningdek, nuroniylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli davo choralari ko‘rildi. Bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishi ham yoshi ulug‘larimizning mushkulini oson qilgan bo‘lsa, ajab emas.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun