“SMART AUTO” modeli muvaffaqiyatga boshladi

Date:

Robototexnika atamasi lug‘at boyligimizga o‘rnashib, allaqachon sohaga qiziquvchi yoshlar hayotiga tub o‘zgarishlar yasay oldi. Ilm va tafakkurimizning mahsuli bo‘lmish texnologiyalar, robotlar yordamida inson omilining ishtirokisiz ham yumushlarni bajarish, mehnat unumdorligini oshirish mumkin. Asosiysi ixtirolarimiz insoniyatga xizmat qilishi shart.

IT texnologiyalaridan foydalanish, o‘rganish anchayin ommalashgan bir paytda mutaxassislardan yosh ixtirochilardan iborat yangi avlod vakillarini yetishtirish talab etiladi. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi Hasan Mamanazarovning mehnatlari besamar ketmadi. Ushbu yo‘nalishda yosh shogirdlariga ilm berib, o‘rganlanlarini amaliyotda sinashlari yaxshi natija berdi. Qarabsizki, sohani bilganingiz sari muammolar ko‘ndalang qo‘yilaveradi va yechim sari izlaniladi. Ustoz va shogirdlarda ham ayni shunday bo‘ldi.

Ular robototexnika, 3D model va animatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda “Hududdagi dolzarb muammo va yechimi” loyihasi asosida “SMART AUTO” modeli bilan qatnashib, viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni olgan edi. Yosh izlanuvchilar respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, yuqori natijani qayd etishdi. Ustoz va shogirdlarning harakatlari, izlanishlari mana shunday davom etsa, umid qilamizki, yaqin kelajakda IT texnologiyalarda yutuqlarimiz katta bo‘ladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun