Muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Date:

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda o‘qituvchi yigit va voyaga yetmagan o‘quvchi qiz haqida tarqalgan sharmandali video lavhalar tarqaldi. Televideniye orqali mavzu bo‘yicha lavha efirga uzatildi. Bu xabarga ko‘zi tushgan surxondaryolik borki, izza bo‘lgandek bo‘ldi. Nahotki, yoshlarga ilm-u ziyo ulashayotgan o‘qituvchi ana shunday jirkanchli ishga qo‘l ursa, hali voyaga yetmagan yosh qizning taqdiri, kelajagi haqida o‘ylamadimikan? O‘zining ham singlisi, opasi bordir? O‘sha qizchi, endi qanday bosh ko‘tarib yuradi? Hammadan ham ko‘proq uning oilasi, otasi va akalarining qaddi egilmadimi, yuzi shuvut bo‘lmadimi? Savollar ko‘p, ammo javoblarga kelganda…

Bunday holatning oldini olmoq, takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu kabi xabarlarni ko‘rishga, eshitishga odatlanmaslik lozim. Aks holda or-nomus masalasi o‘z qiymatini yo‘qotadi. Ayni masalaga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, xalq ta’limi boshqarmasi, Boysun tumani hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, jumladan, maktab direktorlari, diniy soha vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi ushbu holatni kechirib bo‘lmas, milliy g‘urur va mentalitetimizga mutlaqo zid deya baholadi. Yig‘ilish davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan, foydalanuvchilarning nafratini uyg‘otgan ushbu holat yuzasidan hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi.

So‘zga chiqqan jamoatchilik faollari, mas’ullar hamda diniy soha vakillari ushbu voqeani qattiq qoralab, bu kabi holatlarning kelgusida takrorlanishining oldini olish uchun yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularga milliy g‘urur hamda odob-axloq qoidalarini singdirish lozimligi haqida to‘xtalishdi.
Viloyat hokimi mas’ullarga bu kabi holatlar takrorlanishining oldini olish, yoshlarni ma’naviyatli va ma’rifatli qilib tarbiyalash maqsadida targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab berdi. Umid qilamizki, bu holat beboshlarga saboq bo‘lib, tegishli xulosani chiqarishadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun