AYOLGA IMKON BERILSA…

Date:

Ayol kishi yo‘qni yo‘ndirib, bor qiladigan xilqat. Tikish-bichish, pishir-kuydir qilib ham, pir parcha yerni gullatib, mo‘l hosil olib ham oilaga naf keltiradi. Faqat ularga imkon berilsa, ishonilsa bo‘lgani. Sho‘rchi tumanining “Shaldiroq” mahallasida yashovchi Zamira Mamarajapova, kabi 26 nafar ayolning quvonchi cheksiz. Sababi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga subsidiya asosida zamonaviy duxovka berildi.

Barchaning xonadonida eng yaqin dastyoriga aylangan ushbu vositadan kimdir o‘z o‘rnida va har doim ham foydalanmas, ammo shunday ayollar borki, undan oilasi uchun shirindan-shirin pishiriqlar pishirish bilan birga, bu ishni mashg‘ulotga, daromad manbaiga aylantirishadi. Ayni shunday subsidiya asosida berilgan duxovkalarda 26 nafar xotin-qiz o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishadi. Mahalla-ko‘yning yaxshi kunlarida, tug‘ilgan kun va to‘y-hashamlarida shirinliklar buyurtma sifatida olib, dasturxonlariga tortiq etadilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayollar bandligi ta’minlanmoqda

Oltinsoy tumanidagi “Barkamol avlod” mahallasida yashovchi Meliyeva Zulfiya tashabbusi...

Kechagi saboq — bugun uchun ibrat

Viloyat pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan ma’rifiy-ma’naviy seminar yana bir...

Onlayn xavfsizlik: qanday himoyalanish mumkin?

Har kuni millionlab kishi internetdan foydalanadi — ammo ko‘pchilik...

Yoshlar va diniy bag‘rikenglik: bilim va tajriba orqali taraqqiyot

Zamonaviy jamiyatda barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy uyg‘unlikni mustahkamlash va yosh...
KunTun
KunTun