Surxondan Xorazmgacha…

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi qaroriga asosan, har yilning noyabr oyi yurtimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan. Oylik doirasida keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ijtimoiy loyihalar – madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, piyoda yurish marafonlari tashkil etiladi. Yurtimizning diqqatga sazavor joylariga sayohatlar uyushtiriladi.

Qarorga asosan, oylik doirasidagi sayohatlar uchun qator chegirma va aksiyalar hamda yo‘l chiptalari uchun ixtiyoriy chegirmalar belgilanadi.
“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Uzun tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘ining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Toshboyev boshchiligida Uzun tumanidan bir guruh otaxon va onaxonlar Buxoro, Samarqand hamda Xorazm viloyatlarini tarixiy obida va muqaddas qadamjolariga sayohat qilish uchun jo‘nab ketdilar.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun