Medallar shodasi bilan qaytishdi…

Date:

Voha sportining muvaffaqiyati, yutuqlari haqida gap ketganda jarqo‘rg‘onlik sportchi yoshlarining o‘z o‘rni va katta ulushi borligini e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi o‘quvchilar ishtirok etgan sport musobaqalari, respublika, osiyo va jahon chempionatlarida yuqori o‘rinlarni zabt etmasdan qaytishmaydi. Bu esa voha ahlining quvonchiga sabab bo‘ladi.
Boks bo‘yicha o‘smir va yoshlar o‘rtasida Rossiyaning Rubsovsk shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda ham Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi boks sport turi a’zolari munosib ishtirok etib, medallar shodasi bilan qaytishdi. Quvonarlisi, Asomiddin Xayriddinov 63 kilogrmm vazn toifasida raqibini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda “yashil energiya” rivojlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori hamda Vazirlar...

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...
KunTun
KunTun