Professional ustozning saboqlari…

Date:

Moda deganda eng so‘nggi bichimdagi liboslarni tushunishadi. Aslida esa o‘zimizga yarashgan, qomatimizga qolipday mos tushib, tashqi ko‘rinishimizga yanada joziba qo‘shgan libosnigina urfda deyish mumkin. Qolaversa, libosni to‘ldiruvchi qo‘shimcha aksesuarlar ham egnimizdagi kiyimga hamohang bo‘lib, bir-birini to‘ldirishi lozim. Qiziriq tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Liboslar dizayni” to‘garagidagi har bir darsda bichish-tikish bilan birga ana shunday jihatlar ham o‘rgatib boriladi.
To‘garak rahbari G.Jo‘rayevaning o‘rgatganlari esa shogirdlariga manzur bo‘lganidan, kun sayin ularning soni ortib bormoqda.

Yana bir gap, kiyim tikishda bir xil dizayndagi ko‘ylak barcha qomatga ham mos tushavermasligi mumkin. Shu jihatdan ham tikuvchi-dizayner buyurtma berish uchun kelgan mijozning tashqi ko‘rinishi, qomatiga qarab qandaydir dizayndagi libosni tavsiya qilishi lozim. Shu ma’noda to‘garak rahbari navbatdagi darsida “Qomat tuzilishiga qarab oddiy va murakkab liboslar dizaynini yaratish” mavzusida mashg‘ulot o‘tdi. Chevarlikka mehri bo‘lakcha qizlar esa qomat tuzilishiga qarab oddiy va murakkab liboslar dizaynini yaratishni bilib oldilar.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘chalar yopiladimi?

Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq havo sharoitida aholi salomatligi, ayniqsa,...

Safda ham, ta’limda ham ildam

Mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’lim olish istagini qo‘llab-quvvatlash, ularga teng...

Salomatlik birinchi o‘rinda

Chegaraoldi hududlarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlariga yechim topish...

Bilimi-yu iqtidori imtihonda namoyon

Oliy ta’limga qabul jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, iqtidorli...
KunTun
KunTun