“ANOR–2022 ishbilarmon ayollarni” kashf etdi

Date:

Mamlakatimizda tadbirkor ayollarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes g‘oyalarini samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish, ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish maqsadida, har yili an’anaviy tarzda
Har yili an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan “ANOR–2022″ ko‘rik-tanlovi tadbirkor ayollarni munosib qo‘llab-quvvatlash, biznes g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, bir so‘z bilan aytganda zarur motivatsiyani berishda qanot vazifasini o‘tab kelayotir.

Denov tumanida o‘tkazilgan xuddi shunday tadbirda, ishlab chiqarish yo‘nalishida “Eng yaxshi ishlab chiqaruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha 12 nafar tadbirkor ayol ishtirok etdi.

O‘z ishining ustalari, atrofdagilarga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan ishbilarmon ayollar faoliyatiga nazar tashlash, ular ishlarini baholash orqali e’tirof etildi, rag‘batlantirildi. Tanlovda “Eng yaxshi fermer” nominatsiya yo‘nalishi bo‘yicha “Bobokolon” fermer xo‘jaligi rahbari Ziyoda Xo‘jayeva g‘olib deb topilgan bo‘lsa, “Eng yaxshi ishlab chiqaruvchi” nominatsiyada “Denov Saodat Textil” xususiy korxonasi rahbari Zarina Toshpulatova g‘olib.

“Eng yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi” esa “Ravshan Ota 21 ASR” kichik korxonasi tasischisi va “O‘zbegim Milliy Ko‘rpalari” ishlab chiqarish sexi rahbari Zulfiya Raxmatullayeva deb topildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun