Ijodiy uchrashuv

Date:

Harbiylik sharafli burch. Ularning qaysidir ma’noda yaqinlar, do‘stlar va oila davrasida har doim ham bo‘la olmasligi yomondir. Ammo, vatan oldidagi burch mas’uliyati bu jihatlarga ko‘z yumishga sabab bo‘ladi.

Harbiy xizmatchilarning ham ko‘ngildagidek xordiq chiqarishlari, m’nan dam olishlari uchun xizmatdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, bayram dasturlari ham tashkil etiladiki, muhimi soha xodimlarida ham olam-olam taassurotlar qoldirsin, zavq-shavq uyg‘ota olsin. Surxandaryo viloyatida joylashgan chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar va taniqli aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlar ham el ardog‘idagi, barchaning hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lgan insonlar – aktrisa, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Feruza Boboyorova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dramaturk Erkin Xushvaqtov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa Lola Eltoyeva, Xamid Toshpo‘latovlar.

Ular chiqishlari, so‘zlagan nutqlari orqali davrani o‘zlariga qaratishdi. Xizmat safari, syomka jarayonlaridagi qiziqarli voqealarni tinglayotganlar maroq bilan kuldilar.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv barchaga manzur bo‘ldi.

Shamsiddin Sariqulov,
harbiy xizmatchi, ofitser

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun