Grant tanlovlari e’lon qilindi

Date:

Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, bu borada davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sherik asosida olib borayotgan hamkorligi natijasida qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar ishlab chiqilib, amaliyotga samarali tatbiq etilayotir.

Aytish kerakki, ijtimoiy sheriklik – davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir. Hamkorlik asosida ko‘plab korxona va tadbirkorlik subyektlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, aholining ishsiz qatlamining bandligi ta’minlandi, qolaversa, doimiy daromad manbaiga ega bo‘layotgani quvonarli hol. Tizimda esa ana shunday loyihalar, grant tanlovlari e’lon qilinib, aholi turmush sharoitini yaxshilashga e’tibor kuchaytirilgan.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi huzuridagi “Ijtimoiy sheriklik” bo‘yicha jamoat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni komissiya raisi A.Ro‘ziyev ochib berdi va olib bordi. Takliflar, fikrlar o‘rtaga tashlanib, muhokama qilindi.
Yig‘ilishda jomoat komissiyasining tegishli qarori asosida e’lon qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining aholi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida e’lon qilingan to‘rtinchi grant tanloviga kelib tushgan loyihalar ko‘rib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi.

So‘ngda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan 5- va 6-grant tanlovlari e’lon qilindi.
Ushbu tanlov loyihalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida yosh avlodning diniy bilimlari, ma’naviy olami boyiydi. Ayollar va qizlar bandligi ta’minlanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun munosib shart-sharoit yaratiladi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sport turlariga e’tibor kuchaytiriladi. Qolaversa, nafaqat diniy, balki dunyoviy, tarixiy bilimlarni o‘rganish ham keng targ‘ib etiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun