“Meva-sabzavot mahsulotlarini daladan iste’molchiga yetkazib berish zanjirini rivojlantirishda xalqaro tajriba”

Date:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tajribali fermer yoki dehqon bo‘lsangiz-u, tadbirli tadbirkor bo‘lmasangiz, mahsulotingizni sotishga qiynalasiz. O‘z vaqtida xaridorini topmagan mahsulotning sifati ham o‘zgaradi, natijada tannarxi ancha tushishi aniq. Bu mehnatni zoe qilish degani. Saqlash, sotish masalasida ham bilimlar, tajriba kerak aslida. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari uchun seminarlar tashkil etib, kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalarni berib kelayotir. Ana shunday seminar Termiz shahrida ham tashkil etildi.

“Meva-sabzavot mahsulotlarini daladan iste’molchiga yetkazib berish zanjirini rivojlantirishda xalqaro tajriba” mavzusida boshlangan seminarga shahar va tumanlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish, turli mamlakatlarda mahsulotlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, mahsulot yetishtirish va jahon bozorlariga yetkazib berishning to‘liq jarayonini tashkil etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar berildi. Xalqaro trenerlar ishtirokidagi seminarda marketing strategiyalarini ishlab chiqish uslublari taqdim etildi. Shuningdek, bozor tendensiyalarini o‘rganish, xatolarni tahlil qilish, mahsulotlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish, raqobat, xavf va istiqbollarni baholash bo‘yicha ma’ruzalar va muhokamalar o‘tkazildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun