“Yosh kitobxon”ning sektor bosqichida…

Date:

Kitobga yo‘ldosh bo‘lgan kam bo‘lmaydi. Buni har so‘zida hikmat yashirin insonlarning katta hayotiy tajribasi, ma’nili fikrlari isbotlab turadi. O‘qish, izlanish, mutolaani odat qilish har qanday yoshni kamolotga yetkazadi. Vaqti mazmunli o‘tib, mehnatlari mukofotini olishi tayin.

Yurtimizda yoshlarni kitobga, mutolaaga o‘rgatish maqsadida turli tadbirlar, tanlovlar o‘tkazilmoqdaki, o‘qiganingiz uchun rag‘bat oladi kishi. Kimga ham yoqmaydi deysiz, bo‘sh vaqtida kitob o‘qib, spark yoki qimmatbaho sovg‘a sohib va sohibasiga aylanish. Aslida esa o‘qiganimiz, o‘qiganimizdan uqqanimiz eng katta mukofot. Hech bir sovg‘a bilan almashtirib bo‘lmaydigan xazina.
Ana shunday tadbirlardan biri “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovidir. Allaqachon o‘z ishtirokchi va muxlislariga ega bo‘lgan ko‘rik-tanlovning sektor bosqichida ishtirok etuvchilarning son-sanog‘i yo‘q. Termiz shahridagi 16-sonli IDUMda bo‘lib o‘tgan “Yosh kitobxon” tanlovida kitobxon yoshlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Belgilangan badiiy adabiyotlardan tuzilgan test savollariga hozirjavoblik ila javob berishdi. Tanlovning sektor bosqichida shahrimizdagi Prezident maktabi, 16-IDUM va 26-maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Yoshlarning tanlovdan taassurotlari katta bo‘ldi. 15-19 yosh doirasida esa 16-sonli IDUMning 10-sinf o‘quvchisi Quvonchbek Kuchkarov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va tanlovning keying bosqichiga ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ko‘rik-tanlov so‘nggida g‘olibga 200 000 so‘mlik voucher taqdim etildi.

G.Shabirova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun