Yoshlarga motivatsiya bergan onaxon

Date:

Uzoq umr ko‘rishning siri haqida so‘rashganida pir-u badavlat otaxon va onaxonlarimiz mehnatda toblanishganini, bir soniya ham vaqtini behuda o‘tkazishmaganini aytishadi. Bu fikrlarga qo‘shilmasligingiz mumkin, ammo Qiziriq tumanidagi “SURXON COTTON TEXTILE CLUSTER” MCHJ tomonidan yetishtirilgan paxta dalalarida javlon urib mehnat qilayotkan paxtakorlar orasida 65 yoshli onaxon ham bor.

Ana shunday insonlarning hali-hamon qo‘li mehnatdan bo‘shamay, yosh-yalanglar bilan yelkama-yelka turib, xalq xizmatida ekani yoshlarga motivatsiya beradi. Onaxon kun bo‘yi dalada paxta tersa ham chardadim demaydi. Kuniga 100 kilogramdan oshirib paxta terayotgani esa ko‘pchilikning havasini keltirib, ishtiyoqini oshirayotgani rost.

Qiziriq tuman hokimi R.Pardayev bir guruh mas’ullar bilan birgalikda paxta dalalariga borib, ilg‘or terimchilar bilan suhbatda bo‘lganida, ular orasida qahramonimizni uchratib, onaxonning shijoatiga tasannolar o‘qidi va mehnatini munosib baholab, qimmatbaho sovg‘alar bilan siyladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun