“Kitob karvoni” talabalar turar joylariga yo‘l oldi

Date:

Bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazishning eng yaxshi usuli — mutolaadir. Eng yaxshi do‘st, eng yaxshi sirdosh ham, ustoz-u, oq va qorani tanishga yordam berguvchi ham kitobdir. Ayniqsa, talabalar turar joyida istiqomat qilguvchi yigit-qizlar yotoqxonaning ma’naviyat va ma’rifat xonasida jam bo‘lgan jamiiki badiiy kitoblarni o‘qib bo‘lib, zerikishga chora topa olmayotgan bo‘lsa, buning yechimi bor.

Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev “Kitob karvoni” loyihasi doirasida 1400 dona kitobni oldi-da Surxondaryo viloyatida joylashgan 6 ta oliy ta’limdagi 14 ta talabalar turar joylariga yo‘l oldi. Har bir talabalar turar joyiga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Kitoblar karvoni to‘xtagan manzillarda talaba-yoshlarning quvonchi cheksiz. Eng yaxshi sovg‘alarni qo‘llariga tutgancha, varaqlashga tutinganlar, allaqachon mutolaa zavqiga kirishishdi. Kimdir izlab yurgan kitobini topganidan, yana kimdir o‘qigan asarining sevimli misralarini qayta va qayta o‘qishidan shod.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...

 “Men kuchli ayolman”

Termiz shahrida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Men kuchli ayolman” profilaktik...

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar

Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligiga innovatsion va energiya tejamkor texnologiyalarni...
KunTun
KunTun