“Universiada—2022”: Termiz davlat universiteti jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Date:

Yoshlar o‘rtasida sport turlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida etibor qaratilayotir. Bu borada, ayniqsa, dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan uch bosqichli noyob tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari bo‘lajak yetuk sportchilar uchun o‘ziga xos pillapoya vazifasini o‘tamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada—2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi va viloyat hokimining 2022-yil 11-avgustdagi bayonnomasiga asosan “Universiada—2022” sport musobaqalari doirasida sportning futbol turi (o‘g‘il bolalar) bo‘yicha saralash musobaqalarining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatdagi 6 ta OTMlarining jamoalari ishtirok etdi. G‘oliblik uchun to‘p surayotgan jamoalar bor imkoniyatlardan foydalanib, raqib jamoaning darvozasiga to‘pni oshirish uchun harakat qildilar. Bunda darvozabonlarning epchilligi, himoyachilarning mahorati qo‘l keldi. Murosasiz bahslardan so‘ng esa g‘oliblar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Termiz davlat universiteti jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va “Universiada—2022” sport musobaqalarining respublika bosqichiga ishtirok etadigan bo‘ldi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun