Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 250 gektar yer maydonini o‘zlashtirish, undan samarali foydalanish va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Qoraqir mahallasida avval ekilgan ko‘chatlarni saqlab qolish va parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ularni o‘z vaqtida sug‘orish va nobud bo‘lishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Bu ishlar yangi yashil hududlarni barpo etish bilan birga, mavjud ko‘chatlarni asrab-avaylashga ham qaratilgan.

