Surxondaryo viloyatida «Xalq havaskorlik jamoasi» va «Bolalar namunali jamoasi» faxriy unvonlariga ega badiiy havaskorlik jamoalarining navbatdagi attestatsiyasi boshlandi. Jarayon doirasida jami 60 ta jamoaning ijodiy faoliyati, repertuari, ijro mahorati va sahna madaniyati baholanib, ularning faxriy unvon talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqilmoqda.
Attestatsiyadan ko‘zlangan maqsad jamoalarning ijodiy salohiyati va badiiy saviyasini oshirish, milliy san’at an’analarini davom ettirish hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ijodiy sinovlarda har bir jamoaning faoliyati va erishgan natijalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

