Koreya tajribasi ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilmoqda

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi 25-oktabrdan 7-noyabrga qadar Janubiy Koreya Respublikasida KOICA o‘quv kursida ishtirok etdi. Dastur doirasida mutaxassislar Koreyaning pensiya tizimi, raqamli xizmatlari va aholi bilan ishlash tajribasini o‘rgandi.

Delegatsiya Milliy pensiya xizmati (NPS) bosh qarorgohi, Chonbuk milliy universiteti hamda Seul mintaqaviy boshqarmasida bo‘lib, pensiya ta’minoti, davlat xizmatlari, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Koreya tajribasida e’tiborga molik jihatlardan biri — xizmatlarning raqamlashtirilgani va fuqarolar uchun qulaylashtirilganidir. Xususan, NPS axborot tizimi 17 ta idora bilan ma’lumot almashadi, mobil ilova orqali esa 72 turdagi xizmatdan foydalanish mumkin. Shuningdek, nogironlikni baholash, keksalarga bazaviy pensiya tayinlash va yolg‘iz keksalar bilan muntazam aloqada bo‘lish amaliyoti ham o‘rganildi.

O‘quv kursi davomida delegatsiya O‘zbekistonda yagona Ijtimoiy reyestr mezonlarini takomillashtirish, yordamning manzilliligini oshirish hamda ijtimoiy xizmatlarga nodavlat notijorat tashkilotlarini kengroq jalb etish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqdi.

O‘rganilgan tajribani milliy sharoitga moslashtirish aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...

Milliy otchilik: an’ana, mahorat va e’tirof

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari”...
KunTun
KunTun