Himoyalangan bolalik

Date:

Bolaning xavfsizligi, şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş jamiyatning insonparvarlik darajasini belgilaydigan muhim mezonlardan biridir. Zero, har bir bola zöravonlik, tazyiq va kamsitişdan xoli muhitda yaşaş, ta’lim oliş, öz qobiliyatini namoyon etiş hamda mehr-e’tibor körib ulğayiş huquqiga ega. Bu huquqlarni işonçli ta’minlaş esa nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning mas’uliyatidir.

Şu nuqtayi nazardan, 2026-yil 14-oktyabrda qabul qilingan “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi ÖRQ–1180-son Qonun muhim huquqiy ahamiyatga ega. U bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlarini kuçaytiriş, zöravonlik holatlarining oldini oliş hamda bunday qilmişlar uçun javobgarlik muqarrarligini ta’minlaşga qaratilgan.

Qonun bilan bolalarga nisbatan zöravonlik, jumladan, jinsiy zöravonlik va bolaning ölimiga sabab bölgan jinoyatlar uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda. Zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş, protsessual harakatlar davomida ularning huquqlarini qöşimça kafolatlar bilan ta’minlaş çoralari ham belgilangan. Şuningdek, bolani tarbiyalaş va unga ta’lim beriş majburiyati yuklatilgan ta’lim taşkiloti xodimi zöravonlik sodir etgan taqdirda, mehnat şartnomasini bekor qiliş uçun qöşimça huquqiy asos nazarda tutilgan. Biroq bolalarni himoya qiliş faqat qonuniy çoralar bilan çeklanmaydi. Bu jarayonda oiladagi muhit, ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyati, pedagoglarning munosabati, mahalla va keng jamoatçilikning faolligi ham muhim örin tutadi. Bolaning fikrini tinglaş, şa’ni va qadr-qimmatini hurmat qiliş, muammolariga befarq bölmaslik, unga nisbatan har qanday zöravonlikni oqlamaslik soğlom tarbiyaning asosiy şartlaridandir.

Xalqimizning milliy va ma’naviy qadriyatlarida farzandga mehr körsatiş, kiçiklarga izzat, özaro hurmat va oqibatli böliş azaldan uluğlangan. Bugun ana şu qadriyatlarni zamon talablari bilan uyğunlaştirib, bolalarning huquqlarini hurmat qiliş, ularni zöravonlikdan asraş va xavfsiz muhit yaratiş zarur. Çunki çinakam mehr bolaning nafaqat moddiy ehtiyojlarini ta’minlaş, balki uning şaxsiyati, erkinligi va daxlsizligini tan olişda ham namoyon böladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jarqörğon tumani bölinmasi mazkur Qonunni bolalar huquqlarini himoya qiliş borasidagi muhim qadam sifatida e’tirof etadi. Bu yönalişda oilalar, mahalla faollari, ta’lim muassasalari va jamoatçilik örtasida huquqiy-ma’rifiy tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, yoş avlod qalbida inson qadriga hurmat, mehr-oqibat va zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş muhim vazifa hisoblanadi.

Unutmaylik, bolani himoya qiliş — kelajakni himoya qilişdir. Har bir bolaning qalbida işonç, hayotida xavfsizlik va ertangi kunga umid bölişi uçun qonun talablari ham, insoniylik mezonlari ham birdek ustuvor bölişi kerak. Zero, huquqlari hurmat qilingan, mehr va e’tibor muhitida ulğaygan avlod jamiyatning ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladi.

Anvar RAJABOV,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jarqörğon tuman bölinmasi rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Axborot barqarorligi: yechimlar mahalliy tajribadan boshlanadi

Surxondaryoda dezinformatsiyaga qarshi kurashish, axborot savodxonligini oshirish va jamiyat...

Himoyalangan bolalik

Bolaning xavfsizligi, şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş jamiyatning insonparvarlik...

Kitobga mehr, mutolaaga ragʻbat

Kitobga mehr bolalikdan şakllanadi. Yoşlarning mutolaaga qiziqişini oşiriş, ularni...

Işonç deklaratsiyadan boşlanmaydi

Bank faoliyatida korrupsiyaviy xavflar, avvalo, moliyaviy qarorlar, xaridlar va...
KunTun
KunTun