Bank faoliyatida korrupsiyaviy xavflar, avvalo, moliyaviy qarorlar, xaridlar va kadrlar bilan boğliq jarayonlarda yuzaga kelişi mumkin. Şu sababli bunday holatlarning oldini oliş uçun manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş, içki nazoratni kuçaytiriş va qarorlar qabul qiliş jarayonlarining şaffofligini ta’minlaş muhim.
Bu boradagi huquqiy asoslar “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun hamda Prezidentning 2025-yil 30-dekabrdagi “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi PF-270-son Farmonida belgilangan. Mazkur hujjatlar korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlaş va ularning oldini oliş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan.
“Özsanoatqurilişbank” ATBda bu vazifalar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş xizmati tomonidan amalga oşiriladi. Xizmat bank Kuzatuv kengaşiga bevosita hisobdor bölib, tizimdagi korrupsiyaviy xavflarni aniqlaş, manfaatlar töqnaşuvini nazorat qiliş hamda içki tartiblar ijrosini kuzatiş bilan şuğullanadi.
Bankda yuqori korrupsiyaviy xavfga ega lavozimlar xaritasi işlab çiqilgan, 4 mingdan ortiq xodim elektron deklaratsiyadan ötkazilgan. Şuningdek, korrupsiyaga qarşi menejment tizimi xalqaro standart asosida sertifikatlangan.
Nazorat jarayonlarida raqamli vositalardan foydalaniş ham yölga qöyilgan. Xususan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining “Raqamli komplayens” platformasi bankning içki xarid tizimlari va moliyaviy operatsiyalari bilan integratsiya qilingan. Bu jarayonlarni kuzatiş va ehtimoliy xavfli holatlarni aniqlaş imkoniyatini kengaytiradi.
Bankda korrupsiyaga oid holatlar haqida xabar beriş uçun “Komplayens işonç liniyasi” hamda Telegram boti faoliyat yuritadi. Murojaatlar maxfiylikka rioya etilgan holda körib çiqiladi. Jinoyat alomatlari aniqlangan holatlar yuzasidan materiallar huquqiy baho beriş uçun vakolatli organlarga yuboriladi. Bundan taşqari, virtual akademiya orqali bank rahbarlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi bilim va könikmalarini oşiriş işlari olib borilmoqda.
Bankdagi uşbu mexanizmlarning asosiy vazifasi korrupsiyaviy xavflarni faqat sodir bölganidan keyin aniqlaş emas, balki ularning yuzaga kelişiga sabab böladigan şaroitlarni oldindan bartaraf etişdir. Buning uçun içki nazorat, manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş va raqamli kuzatuv vositalarining özaro uyğun işlaşi muhim ahamiyatga ega.
B. Amankulov,
“Özsanoatqurilişbank” ATB viloyat bölimi korrupsiyaga qarşi kuraşiş guruhi menejeri

