Insonlarni millati, tili yoki kelib çiqişiga qarab ajratiş emas, balki ularning insoniy fazilatlari, ezgu amallari va özaro munosabatiga qarab qadrlaş jamiyatda tinçlik va totuvlikni ta’minlaydigan muhim mezondir. Zero, insonlar örtasidagi tafovutlar adovat va kamsitişga emas, bir-birini anglaş, hurmat qiliş va hamkorlikka xizmat qilişi kerak. Tarix ham şuni körsatadiki, özaro işonç va hamjihatlik qaror topgan jamiyatlarda taraqqiyot uçun mustahkam zamin yaratiladi.
Bugun yurtimizda turli millat va elat vakillarining tinç-totuv, özaro hurmat va hamjihatlikda yaşayotgani xalqimizning azaliy qadriyatlari, bağrikenglik an’analari hayotimizda muhim örin tutayotganidan dalolat beradi. Bunday muhitni asraş va mustahkamlaş esa har birimizdan yuksak mas’uliyat talab etadi.
Islom dini ham insonlarni millati, irqi yoki kelib çiqişiga qarab ajratişni, birini boşqasidan ustun qöyişni qoralaydi. Islom tarixiga nazar taşlasak, turli millat va elat vakillari yagona e’tiqod, birodarlik va tenglik asosida birlaşganining köplab namunalarini köramiz.
Sahobai kiromlar orasida ham turli millat vakillari bölgan. Masalan, Salmoni Forsiy roziyallohu anhu fors, Bilol Habaşiy roziyallohu anhu habaş, Suhayb Rumiy roziyallohu anhu esa rumlik edilar. Ularning barçasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofida birlaşib, Islom tarixida munosib örin egalladilar. Ularni birlaştirgan narsa milliy mansublik emas, balki iymon, ezgulik va taqvo edi.
Qur’oni karimda insonlarning turli xalq va qabilalarga bölinişi haqida şunday marhamat qilinadi:
“Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanişişingiz uçun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabilalar qilib qöydik. Albatta, Alloh nazdida eng aziz-u mukarramroğingiz taqvodorroğingizdir. Albatta, Alloh biluvçi va xabardor zotdir”. (Hujurot surasi, 13-oyat).
Uşbu oyatda insoniyatning yagona manbadan yaratilgani, millat va elatlarga böliniş esa özaro tanişiş, anglaş va hamkorlik qiliş uçun ekani bayon etilgan. Demak, milliy mansublik insonning boşqalardan ustunligini belgilamaydi. Alloh nazdidagi haqiqiy fazilat insonning taqvosi, odobi va ezgu amallarida namoyon böladi.
Bu oyat bugungi hayotimiz uçun ham muhim mezondir. Zero, turli millat vakillari bir jamiyatda yaşar ekan, ularning tili, urf-odati va an’analari turliça bölişi tabiiy. Muhimi, bu farqlar özaro hurmat va hamkorlikka tösiq bölmasligi, aksinça, jamiyatning ma’naviy boyligiga aylanişidir.
Rasululloh alayhissalomdan ibrat
Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlari insonlar bilan munosabat örnatişda adolat, halollik va bağrikenglikning yuksak namunasidir. U zot musulmonlar bilan bir qatorda boşqa din vakillari bilan ham muomala qilganlar, ularning haq-huquqlariga rioya etganlar.
Sahihul Buxoriyda rivoyat qilinişiça, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida sovutlari bir yahudiy kişining qölida garovda edi. U zot undan oila ahli uçun arpa sotib olib, evaziga sovutlarini garovga qöygan edilar.
Bu voqea oddiy qarz oldi-berdisidan köra çuqurroq ma’noga ega. Unda insonlar örtasidagi muomalada din va millat emas, halollik, işonç va özaro haq-huquqqa rioya qiliş muhimligi namoyon böladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boşqa din vakili bilan savdo munosabatida bölganlari ham Islomda bunday munosabatlarga ruxsat etilganini, bunda adolat va mas’uliyat asosiy mezon ekanini körsatadi.
Demak, özga din vakili bilan muomala qiliş, hamkorlik örnatiş yoki uning haq-huquqini hurmat qiliş e’tiqodga zid emas. Aksinça, bu insoniylik va adolat tamoyillariga sodiqlikning ifodasidir.
Bugungi hayotimizda ham uşbu ibratning ahamiyati katta. Bir mahalla, bir jamoa va bir yurtda yaşayotgan insonlar örtasida özaro işonç, hurmat va hamkorlik bölişi tinçlikning mustahkamligini ta’minlaydi.
Muomala — e’tiqodning közgusi
Insonning ma’naviy qiyofasi, avvalo, uning xulqi va muomalasida namoyon böladi. Ayniqsa, özini muayyan din vakili deb bilgan kişi özining odobi, halolligi, mehr-oqibati va bağrikengligi bilan boşqalarga namuna bölişi lozim.
Zero, insonning xatti-harakati atrofdagilarda nafaqat uning özi, balki e’tiqodi haqida ham tasavvur uyğotişi mumkin. Şu bois har bir musulmon öz muomalasi orqali Islomning tinçlik, adolat, mehr-oqibat va ezgulikka çorlovçi mohiyatini namoyon etişi muhim.
Islom dini yaxşilik qiliş, adolatli böliş, qöni-qöşnilar bilan ahil yaşaş, insonlarning haq-huquqlarini hurmat qilişga alohida e’tibor qaratadi. Bunday fazilatlar faqat bir din yoki millat vakillariga emas, barça insonlarga nisbatan namoyon etilişi kerak. Çunki ezgu muomala insonlar örtasida işonçni kuçaytiradi, tuşunmovçiliklarning oldini oladi va jamiyatda soğlom ma’naviy muhitni şakllantiradi.
Totuvlik — tinç hayot kafolati
Tinçlik insoniyat uçun eng uluğ ne’matlardan biridir. Uni asraş, qadrlaş va kelajak avlodlarga bezavol yetkaziş faqat davlat yoki jamoat taşkilotlarining emas, har bir insonning burçidir.
Bugungi murakkab dunyoda millatlar va dinlar örtasida adovatni kuçaytirişga urinayotgan turli qaraşlar mavjud bir paytda özaro hurmat, bağrikenglik va hamjihatlikning ahamiyati yanada ortmoqda. Bunday şaroitda har bir insonning sözi, xatti-harakati va boşqalarga munosabati jamiyatdagi ma’naviy muhitga ta’sir körsatadi.
Şu bois bağrikenglikni faqat ezgu şior yoki bayonotlarda emas, kundalik hayotimizda ham namoyon etişimiz zarur. Boşqalarning e’tiqodi, tili, urf-odati va qadriyatlariga hurmat bilan qaraş, adolat va mehr-oqibat tamoyillariga amal qiliş tinçlikni mustahkamlaşning muhim şartidir.
Zero, millatlar turfa, urf-odatlar rang-barang bölişi mumkin, ammo insoniylik, ezgulik va tinç hayotga intiliş barçamizni birlaştiradigan muştarak qadriyatlardir. Ana şu qadriyatlarni asraş va avaylaş orqali jamiyatimizda özaro işonç, ahillik va barqarorlikni yanada mustahkamlaymiz.
Alloh taolo yurtimizda yaşayotgan barça millat va elat vakillariga tinçlik-xotirjamlik, özaro hurmat va hamjihatlikda hayot keçirişni nasib etsin. Yurtimiz osmoni hamişa musaffo, xonadonlarimiz tinç, xalqimiz ahil va birdam bölsin.
Olloyor Omonov,
“Imom Termiziy” örta maxsus islom ta’lim muassasasi Öquv işlari böyiça direktor örinbosari

