Bezorilik — oddiy mojaro emas

Date:

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslikda namoyon böladigan jinoyat. U köpinça uriş-döpposlaş, tan jarohati yetkaziş yoki özganing mulkiga zarar yetkaziş kabi harakatlar bilan boğliq holda sodir etiladi.Bezorilikni şaxsiy kelişmovçilik yoki maişiy nizodan farqlaş muhim. Bunda aybdorning harakati nafaqat muayyan şaxsga, balki jamoat tartibiga ham tajovuz qilişi, jamiyatda qabul qilingan yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasligi bilan tavsiflanadi. Şu jihati bilan bezorilik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblangan mayda bezorilikdan farq qiladi. Mayda bezorilik jamoat joylarida uyatli sözlar bilan sökiniş, haqoratomuz şilqimlik qiliş va fuqarolar osoyiştaligini buzuvçi boşqa xatti-harakatlarda namoyon böladi.
Boysun tumanidagi “Daştiçinor” mahallasida joylaşgan somsaxonalardan birida sodir bölgan voqea ham bezorilik holati sifatida qayd etilgan. Tergovga qadar aniqlangan ma’lumotlarga köra, şu mahallada yaşovçi K.M. va K.D. özaro nizo sabab M.Ş.ni urib, unga yengil tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan jinoyat işi qözğatilgan.
Bunday holatlarning oldini oliş, avvalo, huquqbuzarlik sodir etilişi mumkin bölgan joylarda nazoratni kuçaytiriş, nizolarni barvaqt aniqlaş va profilaktik işlarni manzilli taşkil etişni talab qiladi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlaniş maskanlarida videokuzatuv tizimlarining sozligini ta’minlaş, huquqbuzarlik xavfi yuqori bölgan hududlarda patrul nazoratini kuçaytiriş muhim. Mahalla raisi, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektorlari hamkorligida nizoli vaziyatlar hamda huquqbuzarlikka moyillik omillarini erta aniqlaşga alohida e’tibor qaratiş lozim.
Sodir etilgan jinoyatlarni tezkor foş etişda esa hodisa joyini öz vaqtida va sifatli közdan keçiriş, guvohlarni aniqlaş, mavjud videoyozuvlarni qonuniy tartibda örganiş, tergov-tezkor guruhlari faoliyatini samarali taşkil etiş muhim ahamiyatga ega.
Bezorilikning oldini oliş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi emas. Jamoat joylarida tartibga rioya qiliş, nizolarni zöravonlik bilan hal etişga yöl qöymaslik va huquqbuzarliklarga befarq bölmaslik jamiyatda xavfsiz muhitni ta’minlaşning muhim şartidir.

H.Pardayeva,
Viloyat IIB TQX JQB katta tezkor vakili, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun