Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Date:

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy qoldirgan ilmiy meros oradan ön ikki asrdan köproq vaqt ötsa-da, öz qimmatini yöqotgani yöq. Alloma jamlagan hadislar, ularga bergan baholari va çuqur ilmiy izohlari bugun ham mutaxassislar tomonidan örganilib, şarhlanmoqda, turli tillarga tarjima qilinmoqda.Alloma manbalarda at-Termiziy va al-Buğiy nisbalari bilan tilga olinadi. Birinçisi Termiz şahriga, ikkinçisi esa şu atrofdagi Buğ qişloğiga nisbatdir. Tarixiy manbalarda uning aynan qayerda tavallud topgani borasida turliça qaraşlar uçraydi. Buğ qişloği Termiz yaqinida joylaşgan bölib, bugungi kunda Şerobod tumani hududi bilan boğlanadi.
Imom Termiziy hadis ilmini çuqur örganiş maqsadida Xuroson, Iroq va Hijoz kabi ölkalarga safar qilgan. U öz davrining yetuk muhaddislaridan, jumladan, Imom Buxoriy, Imom Muslim, Abu Dovud va Qutayba ibn Sa’iddan ilm olgan. Ayniqsa, Imom Buxoriy bilan ilmiy aloqasi va undan hadis ilmining nozik jihatlarini örgangani alloma kamolotida muhim örin tutgan.
Umrining sönggi yillarida Imom Termiziyning köriş qobiliyati zaiflaşib, közi ojiz bölib qolgani haqida tarixiy manbalarda ma’lumotlar uçraydi. Şu sababli u “az-Zariyr” — közi ojiz laqabi bilan ham tanilgan. Ayrim manbalarda bunga Imom Buxoriy vafotidan keyingi çuqur qayğu sabab bölgani aytiladi, biroq bu holatni qat’iy tarixiy fakt sifatida talqin qiliş töğri emas. Alloma hijriy 279-yil, rajab oyida (milodiy 892-yil) vafot etgan.
Imom Termiziyning eng maşhur asari “Al-Jome’” bölib, u “Jome’ at-Termiziy” va “Sunan at-Termiziy” nomlari bilan ham tanilgan. Bu asar hadis ilmidagi olti asosiy töplam — Kutubi sitta tarkibiga kiradi.
“Jome’” turli diniy mavzularni qamrab olgan hadislar töplamini anglatadi. Asar namoz, röza, zakot, haj kabi fiqhiy masalalar, şuningdek, odob-axloq, ilm, tafsir va boşqa mavzular bilan davom etadi.
Hadislar soni ularni hisoblaş usuli va naşrga qarab farqlanadi. Keng tarqalgan raqamlangan naşrlarda 3956 ta hadis qayd etilgan, takroriy rivoyatlar ham hisobga olinganda esa ularning umumiy soni taxminan 4400 taga yetadi. Asar 46 kitobdan iborat şaklda ham naşr etilgan.
Imom Termiziyning boşqa muhaddislardan ajralib turadigan jihatlaridan biri — hadislarni keltiriş bilan çeklanmay, ularning darajasini ham körsatişi, rivoyatlarning sanad va matniga doir mulohazalarni bayon etişi hamda ulamolarning fiqhiy qaraşlarini qiyoslab berişidir. Şu bois “Jome’” hadis ilmi bilan bir qatorda fiqh tarixini örganuvçilar uçun ham muhim manba hisoblanadi.
“Jome’”ning oxirida “Al-Ilal as-sağir” deb nomlangan qism mavjud. Unda hadislarning taşqi tomondan közga taşlanmaydigan, çuqur ilmiy tahlil orqali aniqlanadigan nuqsonlari haqida söz yuritiladi. Allomaning “Al-Ilal al-kabir” asari ham hadis ilmining şu yönalişiga bağişlangan alohida manbadir.
Imom Termiziy merosining bugungi ahamiyati şundaki, uning asarlari nafaqat ötmiş ilmiy tafakkurining yodgorligi, balki hadislarni örganiş, ularni tahlil qiliş va fiqhiy qaraşlarni anglaşda hamon muhim manba bölib xizmat qilmoqda. Termiz zaminidan yetişib çiqqan allomaning nomi va ilmiy merosi esa yurtimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qöşgan hissasini namoyon etadi.

Valişer Abirov,
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti dotsenti ( PhD)
Asilabonu Abdulazizova,
talaba

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun