Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan zaharlaniş xavfi ham kuçayadi. Nosoz gaz qurilmalari, mörining tortmasligi yoki şamollatiş tizimining işlamasligi inson hayoti uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. Şu bois har bir xonadonda xavfsizlik qoidalariga rioya etiş muhim.
Is gazi — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. U tabiiy gaz, kömir, ötin kabi yoqilğilar kislorod yetişmagan şaroitda töliq yonmaganda hosil böladi. Inson uni sezgi a’zolari orqali aniqlay olmaydi. Organizmga nafas orqali kirgan gaz qondagi gemoglobin bilan birikib, töqimalarga kislorod yetkazilişini buzadi.
Boş oğriği, boş aylanişi, holsizlik, köngil aynişi va nafas qisişi zaharlanişning dastlabki belgilaridir. Oğir holatlarda huşdan ketiş, tutqanoq va ölim yuz berişi mumkin. Ayniqsa, uxlayotgan inson xavfni sezmay qolişi ehtimoli yuqori.
Şu sabab gaz va isitiş qurilmalarini soz holatda saqlaş, möri hamda şamollatiş tizimlarini muntazam tekşirtiriş, nosozliklarni faqat malakali mutaxassislarga bartaraf ettiriş lozim. Xonadonlarda is gazini aniqlovçi signalizatorlardan foydalaniş ham tavsiya etiladi. Biroq bu qurilmalar xavfsizlik qoidalariga amal qiliş zaruratini bekor qilmaydi.
Is gazi faqat xonadonlarda emas, garaj, ustaxona va qozonxona kabi yopiq joylarda ham töplanişi mumkin. Şu sababli yonilğida işlaydigan uskunalar mavjud barça joylarda havo almaşinuvi ta’minlanişi zarur.
Zaharlaniş alomatlari sezilsa, jabrlanuvçini xavfsiz şaroitda toza havoga olib çiqiş va zudlik bilan tez tibbiy yordam çaqiriş kerak. Gaz töplangan joyda elektr jihozlarini yoqiş-öçiriş yoki oçiq olovdan foydalaniş mumkin emas. Xavfli hududni tark etib, tegişli xizmatlarga taşqaridan xabar beriş lozim. Himoya vositalarisiz gaz töplangan xonaga kirib, jabrlanuvçini qutqarişga uriniş boşqa insonlar hayotini ham xavf ostiga qöyadi.
Is gazidan zaharlanişning oldini olişda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim. Isitiş moslamalarini nazorat qiliş, xavfsizlik qoidalariga amal qiliş va yaqinlarni ogohlantiriş — inson hayotini asraşga xizmat qiladigan oddiy, ammo zarur çoralardır.
Jaloliddin Jörayev,
Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi malaka oşırış tinglovçisi, mayor

