“Oddiylikni o‘zlariga mezon qilib…”

Date:

Ma’naviyat karvonining yana bir manzili Angor tumanining Yangi turmush mahallasidagi oilaviy mehribonlik uyi bo‘ldi. San’atkorlar, teatr va kino arboblari bolajonlar bilan dildan suhbatlashdilar. Tortinchoq, ko‘ngliga kelganini tiliga chiqarishga iymanib boqayotgan qora ko‘zlar samimiy kechgan suhbat jarayonidan so‘ng jonlandilar. Yaqindan tanishib, orzu va maqsadlari haqida to‘lqinlanib so‘zladilar.

O‘g‘il-qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirgan san’at ahli-da aslida siz-u bizdek oddiy insonlar. Ana shu oddiylikni o‘zlariga mezon qilib, xalq mehr-muhabbatiga, e’tiboriga sazovor bo‘lib kelayotgani esa haqiqat. Ayni lahzalarda ekranlarida ko‘rib kelgan mashhur insonlarning ro‘parasida turgan mana shu yoshlardan ham kelgusida mashhur san’atkorlar, noyob iste’dod egalari shakllansa, ajab emas.

Ayniqsa, san’atkorlar tomonidan yangragan jonli ijrodagi dilbar qo‘shiqlar bolajonlarga koʻtarinki kayfiyat va quvonchli lahzalarni ulashdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun