Bahodir Jalolov: 18 g‘alaba, 15 nokaut

Date:

Ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi g‘alabali yurishini davom ettirmoqda. O‘zbekistonlik super og‘ir vazn toifasidagi bokschi Buyuk Britaniyaning London shahridagi mashhur O2 Arena majmuasida o‘tkazilgan jangda mezbon mamlakat vakili Solomon Dakresni mag‘lub etdi.

10 raundga mo‘ljallangan bellashuv to‘liq davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan Bahodir Jalolov g‘olib deb topildi.

Ushbu g‘alaba orqali hamyurtimiz professional ringdagi yutuqlari sonini 18 taga yetkazdi. E’tiborlisi, uning g‘alabalaridan 15 tasi nokaut bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov avvalgi jangini joriy yil 9-may kuni Manchester shahrida o‘tkazib, xorvatiyalik Agron Smakichini nokautga uchratgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...

M-41 bo‘yida qulayliklar yaratiladi

Yo‘l infratuzilmasi nafaqat transport harakati, balki hududning obodligi va...
KunTun
KunTun