“Komila Qahhorovaga teng keladigani topilmadi”

Date:

Surxon elining alp yigitlari bolaligidan kurashlarda suyagi qotib ulg‘aysa, qizlari ham polvonlikda qolishmaydi. “Yo pirim” deydi-da, raqibini bir siltab, kuragini yerga tekkizadi.
Ayni paytda Tailand Qirolligining Chonburi shahrida kurash sport turi bo‘yicha o‘smirlar (o‘g‘il va qizlar) o‘rtasida Osiyo chempionatida ham surxon polvonlari or uchun, yurt sharafi uchun maydonga tushishgan.
Raqiblar o‘z millatining eng kuchlilari, demak raqobat kuchli. Olishuv murosasiz kechadi. Ana shunday kurashlarda Jarqo‘rg‘on tuman Sport maktabi tarbiyalanuvchisi Komila Qahhorova (57 kilogramm vazn toifasida)ga teng keladigani topilmadi. Barchin momosidek ko‘nglida duo bilan maydonga tushib, raqiblarini kurashda halol yengdi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yaxshi xabarlarning daragi bu bilan kifoyalanmadi. Yana bir vohadoshimiz Abdulaziz Jo‘rayev esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Yurt sharafini munosib himoya qilgan chempionlar erishgan yutuqlarida trenerining xizmati katta ekanini ta’kidlashmoqda. O‘ziga xos uslub va kurash sirlarini o‘rgatgan treneri “Shuhrat” medali sohibasi, oliy toifali kurash treneri Manzura Tursunovaning quvonchi ham shogirdlaridan kam emas.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun