QIZIRIQDA “JADIDLAR” KITOBLAR TO‘PLAMI UMUMTA’LIM
MAKTABLARIGA YETKAZILDI

Date:

Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g‘oyasini ilgari surdilar.
Jadidchilik harakatining faoliyati maktabdan, maorifdan boshlangan, so‘ng matbuot, san’at va siyosatga o‘tgan. Jadidchilarning poydevori, tamal toshi – “usuli jadid” maktabi edi.

Jadidchilik harakatining faol a’zolarini va ularning taqdiri-yu kechmishini yaxshi bilamiz. Respublika Yoshlar ishlari Agentligi tashabbusi bilan har bir to‘plami 8 ta kitobdan iborat 23 ming nusxada chop etilgan “Jadidlar” nomli kitoblar to‘plami esa siz-u bizga bu haqida yanada to‘liqroq ma’lumot beradi.
“Jadidlar” kitoblar to‘plamini avgust-sentabr oylari davomida maktablar, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalariga — barcha ta’lim tashkilotlarining kutubxonalariga mutlaqo bepul yetkazish rejalashtirilgan edi. Bu rejaning amaliy isboti sifatida ushbu kitoblar to‘plami Qiziriq tumaniga ham keltirildi va tumandagi boshqa umumta’lim maktablarining kutubxonalariga tarqatilmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun