Jarimaga tortildi

Date:

Ishning ko‘zini bilgan, yanada ko‘proq natijaga erishadi. Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tezkor reyd tadbirlari o‘tkazishda vahima ko‘tarib, joylarda yurgandan ko‘ra drondan foydalanib qo‘ya qolishdi. Jarqo‘rg‘on tumanida ana shu tartibda tashkil etilgan reyd tadbiri inspektorlar uchun ayni muddao bo‘lgandir, ammo jarqo‘rg‘onlik Xolboy Xurramov (ism-sharif o‘zgartirildi) uchun qimmatga tushgani aniq.
U Surxondaryo o‘zanini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzib, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olayotganida uchar qurilma obyektiviga tushib qoldi. Tabiatga zarar keltirib foyda olaman deganning o‘zi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz barobari ya’ni, 9 million so‘m jarima to‘laydi.
Aniqlanishicha, tabiat kushandasi foydalangan texnikalar ikkinchi bor qonun buzilish holatida foydalanilgan. Bu bo‘yicha ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun