Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz tumanidagi 8-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Umida Muhammadiyeva 1-o‘rinni egalladi. Qiziriq tumanidagi 3-maktab o‘quvchisi Salomat Yusupova 2-o‘rin, Sariosiyo tumanidagi 22-maktab o‘quvchisi Xushnida Maxmadaliyeva esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tanlov g‘oliblari “Kitobxonlik festivali” doirasida taqdirlanadi.

