Bolakay qutqarildi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p qavatli uyda ota-onaning xavotirli murojaati qutqaruvchilarning tezkor harakati bilan xotirjamlikka aylandi.

20-sentyabr kuni soat 17:21 da Qorayontoq mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan besh qavatli uyning 5-qavatidan yordam so‘rab murojaat kelib tushdi. Ikki yoshli bola uyda qolgan vaqtida eshikni ichkaridan qulflab olgan, ota-onasi esa uni ocholmay qolgan.

Vaziyatdan xabar topgan Jarqo‘rg‘on tumani 10-kasbiylashtirilgan qutqaruv qismi ekipaji voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi. Qutqaruvchilar tezkor harakat qilib, eshikni ochishdi.

Eng quvonarlisi, bola sog‘-salomat holda ota-onasiga topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun