Yangi salomatlik yo‘lakchasi barpo etilmoqda

Date:

Bandixon tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz piyoda yo‘laklarini yaratish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon, Bektepa va Saroy mahallalari hududidan yangi istirohat bog‘igacha 2,8 kilometr uzunlikdagi salomatlik yo‘lakchasi barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 2,65 milliard so‘mni tashkil etadi.Loyiha yakunlangach, aholi Bektepa mahallasidagi “Ximiya povorot” hududidan Saroy mahallasigacha piyoda xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun