Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumaniga tashrifi davomida yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Jumladan, Z. M. Bobur mahallasidagi “Yoshlar markazi” faoliyati bilan tanishilib, bu yerda yoshlarning bilim olishi, kitob mutolaasi, kompyuterda ishlashi va shaxmat bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, “Lolazor” mahallasidagi Denov g‘amxo‘rlik markazida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tashkil etilgan kasbiy reabilitatsiya va mehnat terapiyasi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida “Saylgoh” ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilishi ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

