Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanidagi “Chag‘oniyon” mahallasida bo‘lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, tashabbuskor fuqarolar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit ajratish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, talab yuqori kasblarga o‘qitish hamda tadbirkorlik boshlash istagidagilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Aholi daromadlarini oshirish va oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni manzilli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

