Mahallalarda aholi bilan bevosita ishlovchi hokim yordamchilari faoliyatiga baho berilib, ularning samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi. Shu maqsadda 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanadi.
Fidoyi, tashabbuskor va samarali ishlayotgan kadrlar lavozimiga qayta tayinlanadi, o‘z vazifasiga noloyiq deb topilganlar esa yangilanadi. Bu orqali mahallalarda ish samaradorligi va aholi bilan ishlash sifati oshirilishi ko‘zda tutilgan.

