Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Date:

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, ko‘tarilayotgan masalalarga amaliy yechim topish — bugungi kunda deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari o‘z saylovchilari bilan yaqin muloqotda bo‘lib, joylardagi muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Buni Termiz shahrida amalga oshirilgan navbatdagi xayrli ish misolida ham ko‘rish mumkin.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-«Bog‘ishamol» saylov okrugidan saylangan O‘zLiDeP deputati Sh. Allamurodovaning deputatlik so‘rovi aholi uchun muhim bo‘lgan muammoning ijobiy hal etilishiga xizmat qildi.

Deputatning 154-ds-408-26-sonli so‘rovida «Bog‘ishamol» mahallasidagi 21-, 22-, 23-, 24- va 25-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi ichki yo‘llarning holati ko‘tarilgan edi.

Mazkur hududda o‘rganish ishlari olib borilib, ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelgani, transport vositalari harakati ko‘paygani, bu esa piyodalar, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun qator noqulayliklarni yuzaga keltirayotgani aniqlandi.

Masala deputatlik so‘rovi orqali tegishli mutasaddilar e’tiboriga yetkazilib, muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish va qonunchilikda belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘rish so‘raldi.

Natijada deputat tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi. Hududdagi ichki yo‘llarda obodonlashtirish va asfaltlash ishlari amalga oshirilib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.

Bu kabi natijalar deputatlik so‘rovining shunchaki rasmiy hujjat emas, balki aholi muammosini hal etishga xizmat qiladigan muhim amaliy mexanizm ekanini ko‘rsatadi.

O‘zLiDePning asosiy tamoyillaridan biri — tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotiy ehtiyoj va muammolariga yechim topishga ko‘maklashishdir. Shu bois partiya deputatlari joylarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, saylovchilar murojaatlarini o‘rganib, ularni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ijrosini nazorat qilishga intilmoqda.

«Bog‘ishamol» mahallasidagi yo‘llarning asfaltlanishi ham ana shu tizimli ishlarning amaliy ifodasidir. Eng muhimi, deputatning saylovchilar bilan muloqoti murojaatni qabul qilish bilan cheklanmayapti. Muammo o‘rganilmoqda, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilmoqda va masalaning yakuniy natijasigacha e’tibor qaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun