Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.
Manguzar mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini ko‘rsatuvchi “Yangi kun” markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Tadbirkor Sabohat Hasanova tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xizmat ayni paytda 18 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni qamrab olgan.
Xizmatning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, bunday ijtimoiy xizmatlarning ahamiyati, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun munosib sharoit yaratish hamda ularning jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
“Yangi kun” kabi tashabbuslar inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va har bir fuqaro uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

