Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Date:

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limining ijodiy-badiiy jamoalari tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashib, tantanaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. San’atkorlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Shodiyonalarda Vatanga muhabbat, istiqlolga shukronalik va ertangi kunga ishonch tuyg‘ulari o‘zaro uyg‘unlashdi. Sport o‘yingohiga jam bo‘lgan yurtdoshlar Mustaqillik ayyomini ko‘tarinki kayfiyat va katta xursandchilik bilan qarshi oldilar. Eng kutilgan chiqishlari esa O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Mahmud Nomozov hamda estradamizning yorqin vakili Jasur Mavlonovning konsert dasturi bo‘ldi. Taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bayram shukuhini yanada oshirib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.

Shu tariqa, Bandixonda Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar xalqimizning birdamligi, Vatanga muhabbati va istiqlolga bo‘lgan cheksiz ehtiromini namoyon etgan yorqin bayram sifatida o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun