Pensiya murojaatsiz tayinlanadimi?

Date:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, I yoki II guruh nogironligi belgilangan fuqarolarga nogironlik pensiyasi ayrim hollarda alohida arizasiz, murojaat qilmasdan tayinlanishi mumkin.

Shuningdek, fuqaro pensiya tayinlanganidan keyin kamida bir yil ishlagan bo‘lsa, uning pensiyasi har ikki yilda bir marta murojaatisiz qayta hisoblab chiqiladi.

Yana bir muhim yangilik — barcha chegirmalar amalga oshirilganidan keyin fuqaroning qo‘liga tegadigan pensiya miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmasligi belgilanmoqda.

Mazkur tartiblar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, pensiya olish jarayonini soddalashtirish va ularning manfaatlarini yanada ishonchli ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun