Hashar: qadriyatlarga sadoqat namunasi

Date:

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda mahallalarda obod va farovon muhitni shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi tadbirlar aholining birdamligi va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Boysun tumanining Sho‘rsoy mahallasida tashkil etildi. Keng ko‘lamli hasharda 400 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, qabriston hududini tozalash, begona o‘t va butalarni yo‘qotish, daraxtlarga shakl berish, qabrlarni suvoqlash hamda hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.

Bunday tadbirlar nafaqat mahalla qiyofasini yanada obod etish, balki xalqimizning o‘tganlar xotirasiga hurmat, mehr-oqibat, hamjihatlik va birdamlik kabi ezgu qadriyatlarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun