Amaliy choralar ko‘rildi

Date:

Sariosiyo tumanida ishsiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda Surxondaryo viloyat prokurori B. Babadjanov hamda tuman mutasaddilari ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Yarmarkada 93 nafar bitiruvchi yosh ishtirok etib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada 14 nafar yosh doimiy ishga joylashtirildi, 12 nafariga esa ssuda va subsidiya asosida texnika hamda zarur jihozlar ajratilishi belgilandi.

Mazkur tashabbus yoshlar bandligini oshirish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun