“Ishonch” loyihalari ta’lim sifatini oshirmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi va samaradorligi bilan tanishish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda BMT vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari viloyat Pedagogik mahorat markazida o‘qituvchilar malakasini oshirish, raqamli ta’limni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Sherobod, Angor tumanlari hamda Termiz shahridagi bir qator maktablarda suv ta’minoti va sanitariya sharoitlarini yaxshilash, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va o‘quv muhitini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar natijalari ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Ishonch” jamg‘armasi hisobidan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida umumiy qiymati 87 million AQSH dollariga teng loyihalar amalga oshirilmoqda, shundan 43,5 million dollari ta’lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Ushbu tashabbuslar hududda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘quv muhitini yaratish va o‘quvchilarga teng imkoniyatlar taqdim etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun