“Ochiq turizm mavsumi” joriy etiladi

Date:

Hukumat qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-iyundan boshlab har yili iyun–avgust oylarida O‘zbekistonda “Ochiq turizm mavsumi” dasturi amalga oshiriladi. Dastur mamlakatning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan.

Yangi tashabbus doirasida xorijdan O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ygan aviakompaniyalarga xarajatlar qisman davlat budjetidan qoplab beriladi hamda har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, turoperatorlar tomonidan har 1000 nafar xorijiy turist jalb qilinganda 5 ming AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha rag‘batlantirish beriladi. Turizm va mehmonxona xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi keshbek tarzida qaytariladi.

Dastur doirasida ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega 50 nafar xorijiy blogerga 7 kunlik bepul turistik sayohatlar tashkil etiladi. Bundan tashqari, yirik xalqaro onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonni targ‘ib qilish xarajatlari ham qoplanadi.

Mazkur chora-tadbirlar O‘zbekistonni jahon turizm bozorida yanada keng tanitish, sayyohlar oqimini oshirish hamda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Davlatbek kuchli uchlikda

Jizzax viloyatida kichik o‘smirlar (U-13) o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston...

TerDU talaba-qizlari IT tanlovida g‘olib

Termiz davlat universiteti talaba-qizlari “IT Queens — Kelajakni yaratuvchi...

200 yillik sirni sun’iy intellekt olti soatda ochdi

200 yildan ortiq vaqt davomida o‘qib bo‘lmagan Napoleon Bonapartning...

Alp tog‘larida muzliklar rekord tezlikda erimoqda

Shveytsariya Alp tog‘laridagi muzliklar so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan tezlikda...
KunTun
KunTun