Kelishuv manfaatli kechdi

Date:

Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev hamda shahar hokimligi mas’ullari Xitoyning “Anhui Fengyuan Group” kompaniyasi rahbari Xuan PengCheng va kompaniya vakillari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda “O‘zbekiston–Xitoy” investitsiya forumi doirasida imzolangan memorandumlar ijrosi muhokama qilindi. Xususan, shahar obodonlashtirish tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasiga investitsiya jalb etish hamda maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi.

Ayni paytda loyihalar bo‘yicha uch tomonlama kelishuvlarni rasmiylashtirish hamda hujjatlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish jarayoni yakuniy bosqichda.

Uchrashuv yakunida tomonlarning huquqshunos va mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzilib, loyiha hujjatlarini muvofiqlashtirish va amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun