Tajribasi ommalashtiriladi

Date:

Muzrabot tumanining Yangi diyor mahallasida “Tomorqachilik maktabi” loyihasi doirasida gidroponika usulida qulupnay yetishtirish tajribasini ommalashtirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda tuman prokurori Baxtiyor Berdimuratov, mas’ul tashkilotlar va tijorat banklari vakillari, shuningdek, “Yo‘lchi”, “Yurtim jamoli”, “Yangi diyor” va “At-Termiziy” mahallalari raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi. Ishtirokchilar gidroponika usulida qulupnay yetishtirish jarayoni bilan tanishib, uning afzalliklari va iqtisodiy samaradorligi haqida ma’lumot oldilar.

Seminarda tajribani qo‘shni mahallalarda joriy etish, kambag‘al oilalar xonadonlarida kooperatsiya asosida qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘yish hamda ularni zarur bilim va moliyaviy ko‘mak bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tashabbus xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun