Yirik investitsiya loyihalari tashkil etiladi

Date:

Surxondaryoda Xitoyning “Wanlin Group Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan yirik loyihalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov kompaniya rahbari Li Yantao boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashib, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, logistika va turizm yo‘nalishlaridagi rejalarni ko‘rib chiqdi.

Hamkorlik doirasida 20 ming gektar maydonda zamonaviy agrotexnologiyalar va suv tejovchi sug‘orish tizimlarini joriy etish, shuningdek, oziq-ovqatni qayta ishlash, logistika industrial parki hamda sovutish va saqlash infratuzilmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Termiz tumanida 20 gektar maydonda zamonaviy akvapark barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitim imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun