200 yillik sirni sun’iy intellekt olti soatda ochdi

Date:

200 yildan ortiq vaqt davomida o‘qib bo‘lmagan Napoleon Bonapartning 1809-yilda generaliga yuborgan shifrlangan maktubi sun’iy intellekt yordamida olti soat ichida dekod qilindi.

Maktubni SentinelOne kompaniyasining sun’iy intellekt muhandisi va kiberxavfsizlik mutaxassisi Karter Cherch GPT-6 Astra yordamida tadqiq qilgan. Napoleonning maktubi gomofonik shifr asosida yozilgan bo‘lib, undagi 175 ta qo‘lyozma belgini aniqlash va noma’lum belgilar qiymatini topish orqali matn qayta tiklangan.

Ma’lum bo‘lishicha, maktubda Napoleonning Avstriya bilan urush arafasida fransuz qo‘shinlarining joylashuvi va soni haqidagi ma’lumotlari aks etgan. Imperator general Ogust de Marmonni avstriyaliklarning ehtimoliy hujumi haqida ogohlantirib, dushman qarshisida chekinmaslikka chaqirgan.

Maktub nusxasi 1969-yilda fransuz harbiy jurnalida chop etilgan bo‘lsa-da, uning shifr kaliti saqlanib qolmagani sababli mazmuni ikki asrdan ortiq vaqt davomida noma’lum bo‘lib kelgan. Endilikda sun’iy intellekt tarixiy kriptografiya sirlarini ochishda ham yangi imkoniyatlarni namoyish etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun